Samvel Babayan: “Debyut o‘yin doim qiyin o‘tgan”

Samvel Babayan: “Debyut o‘yin doim qiyin o‘tgan”

Superliganing 13-turi doirasida “Lokomotiv” – “So‘g‘diyona” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

– Debyut o‘yin doim qiyin o‘tgan. O‘tgan bir hafta davomida o‘yinga tayyorlandik. “Lokomotiv”ning barcha muxlislarini, klubda xizmat qilayotgan barchani g‘alaba tabriklayman. Bugun yaxshi o‘yini bilan professionalligini ko‘rsatgan, o‘yindan oldin kelishib olganlarimizni bajargan futbolchilarga, umuman ushbu g‘alabaning tizimida ishtirok etgan barchaga rahmat aytaman.

– Tanaffusda “Lokomotiv” qanchalik darajada o‘zgaradi?

– Bu yerda yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Ammo tarkibda raqobat kerak. Futbolchilarning katta qismi termada o‘ynaydi. O‘yinga kelsak, bugun ham biz bir necha sifatlarni o‘zgartira olganimizni ko‘rdik.

– Futbolchilar bilan nimalarni kelishib olgandingiz? Ular sizga qanday va’da berishgandi?

– Bugun biroz xavo halaqit qildi. Biz to‘pni ushlab turishimiz kerak edi. Agarda yana bir bor
gol kiritganimizda o‘yin osonroq ketardi. 88-daqiqaga kelib, raqib ochildi va biz ham hujumlarni kuchaytirdik. Ishlashda davom etamiz.

Jamshid Iskanderov: – O‘yin qiyin bo‘ldi. Havoning biroz issiqligi o‘yinga ta’sir qildi. Yangi bosh murabbiy bilan birinchi o‘yinimizni o‘tkazdik. Samvel Babayanning talablariga ko‘nikib olishimiz uchun vaqt kerak. Qo‘limizdan kelgancha oxirigacha kurashib, g‘alabaga erishdik.

– Siz bugun vingerlik pozitsiyasida o‘ynadingiz. Bu sizga noqulaylik tug‘dirmaydimi? Chunki siz asosan markazda o‘ynardingiz.

– “Paxtakor”da 2013-yilda vinger bo‘lganman. Bu men uchun yangilik emas. O‘ng qanotda ham o‘rtada ham o‘ynay olaman. Bu pozitsiyalarda o‘zimni yaxshi his qilaman. Bosh murabbiy meni qaysi nuqtaga qo‘ygan taqdirda o‘zimni ko‘rsatishga harakat qilaman.

Previous Article
Next Article

биз ижтимоий тармокларда

# Team MP W D L P
1 Pakhtakor 13 11 2 0 35
2 Lokomotiv 13 8 3 2 27
3 Nasaf 13 6 3 4 21
4 Navbahor 13 5 6 2 21
5 Bunyodkor 13 6 3 4 21
6 Surkhon 13 6 3 4 21
7 Dinamo Samarqand 13 4 6 3 18
8 Sogdiana 13 5 2 6 17
9 Metalourg 13 3 5 5 14
10 AGMK 13 3 3 7 12
11 Qizilqum 13 2 5 6 11
12 Buxoro 13 2 4 7 10
13 Andijan 13 1 6 6 9
14 Kokand-1912 13 1 5 7 8
Iyun 29, 2019
Buxoro 1 - 0 Andijan
Nasaf 2 - 0 Surkhon
Lokomotiv 2 - 0 Sogdiana
Kokand-1912 1 - 2 Pakhtakor
Iyun 28, 2019
Qizilqum 1 - 2 Navbahor
AGMK 1 - 1 Metalourg
Dinamo Samarqand 1 - 2 Bunyodkor
Iyun 23, 2019
Metalourg 0 - 1 Nasaf
Navbahor 3 - 1 Buxoro
Surkhon 2 - 0 Bunyodkor
Iyun 22, 2019
Sogdiana 2 - 2 Kokand-1912
Andijan 1 - 2 AGMK
Iyun 21, 2019
Pakhtakor 8 - 0 Qizilqum
Dinamo Samarqand 2 - 1 Lokomotiv
Iyun 16, 2019
Buxoro 0 - 5 Pakhtakor
AGMK 1 - 1 Navbahor
Bunyodkor 1 - 1 Nasaf
Andijan 1 - 1 Metalourg