So‘g‘diyona PFK Paxtakor-79 xotirlaydi

So‘g‘diyona PFK Paxtakor-79 xotirlaydi

Bugun avgust oyining 11 kuni, bundan 38 yil avval – 1979-yilning xuddi shu kunida butun O‘zbekison futbol muxlislari uchun og‘ir va unutilmas fojea sodir bo‘lgandi. Aynan shu kuni Ukrainaning Dneprodzerjinsk shahri yaqinida 8400 metr balandlikda Toshkent-Gurev-Donetsk-Minsk yo‘nalishi bo‘ylab uchib borayotgan Tu-134 hamda shu rusumdagi yana bir samolyot havoda to‘qnashib ketdi. Aviahalokat natijasida ikkala havo kemasidagi barcha 178 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari halok bo‘lishdi, shu jumladan, Toshkentning “Paxtakor” jamoasining 17 nafar a’zosi olamdan ko‘z yumdi.
1979-yilning 8-avgust kuni Toshkentda Voroshilovgradning “Zarya” klubini 3:1 hisobida dog‘da qoldirdi. Ushbu o‘yin “Paxtakor”ning o‘sha tarkibi uchun so‘nggi uchrashuvga aylanishini hech bir ishqiboz o‘ylab ham ko‘rmagandi. 13-avgustda Minskda “Dinamo”ga qarshi belgilangan uchrashuv arafasida ro‘y beradigan halokat hali butun millatni larzaga solishini hech kim bilmasdi.
 Bir soniya ichida samoga sochilib ketgan o‘n yetti o‘g‘lon, o‘n yetti qalb, o‘n yetti orzu va umid…  Ravil Agishev, Mixail An, Olim Ashirov, Sirojiddin Bozorov, Konstantin Bakanov, Yuriy Zagumennix, Shuhrat Eshbo‘tayev, Aleksandr Korchyonov, Nikolay Kulikov, Vladimir Makarov, Sergey Pokatilov, Vladimir Sobirov, Idgay Tazetdinov, Mansur Tolibjonov, Vladimir Fyodorov, Viktor Churkin, Vladimir Chumakov…
Bu nomlar o‘zbek halqi, futbol ishqibozlari xotirasida abadiy qoladi. Ular maydonda maydondan tashqarida qilib o‘tgan ishlar  hali ko‘p yillar davomida yosh avlod vakillari uchun dars sifatida o‘rganiladi.

Paxtakor-79 abadiy qalbimizdasiz.

So‘g‘diyona matbuot xizmati

Previous Article
Next Article

биз ижтимоий тармокларда

# Team MP W D L P
1 Pakhtakor 22 20 2 0 62
2 Lokomotiv 22 11 8 3 41
3 Bunyodkor 22 10 5 7 35
4 Sogdiana 22 10 5 7 35
5 Surkhon 22 9 5 8 32
6 Nasaf 22 9 4 9 31
7 Navbahor 22 7 9 6 30
8 Metalourg 22 7 6 9 27
9 AGMK 22 7 4 11 25
10 Andijan 22 5 8 9 23
11 Qizilqum 22 5 7 10 22
12 Kokand-1912 22 5 6 11 21
13 Buxoro 22 4 7 11 19
14 Dinamo Samarqand 22 4 6 12 18
Oktabr 19, 2019
Nasaf 3 - 0 Andijan
Lokomotiv 2 - 0 Buxoro
Dinamo Samarqand 1 - 4 Pakhtakor
Surkhon 0 - 0 Navbahor
Oktabr 18, 2019
Bunyodkor 0 - 2 AGMK
Metalourg 0 - 1 Sogdiana
Kokand-1912 1 - 2 Qizilqum
Oktabr 2, 2019
Andijan 2 - 1 Surkhon
Oktabr 1, 2019
Navbahor 1 - 0 Dinamo Samarqand
Qizilqum 1 - 1 Lokomotiv
Pakhtakor 3 - 0 Sogdiana
Sentabr 30, 2019
AGMK 2 - 1 Nasaf
Bunyodkor 1 - 1 Buxoro
Kokand-1912 2 - 3 Metalourg
Sentabr 22, 2019
Nasaf 1 - 2 Buxoro
Bunyodkor 2 - 1 Qizilqum
Sentabr 21, 2019
Sogdiana 0 - 0 Navbahor
Metalourg 1 - 2 Pakhtakor