Milan Mitrovich – avgust oyining eng yaxshi darvozaboni

Bilasiz, O`zbekiston Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsumning har oyidan keyin to`rt yo`nalish bo`yicha eng yaxshilarni aniqlab keldi: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra eng ko`p ovoz to`play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishdi.

2019 yilgi mavsumda ham mazkur an`anani davom ettirilmoqda. Joriy yildan e`tiboran Tribuna.uz nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etmoqda. Artel savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o`z smartfonlarini taqdim etib kelyapti.

Eng yaxshilarni aniqlash shartlari quyidagicha: Coca Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko`rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o`rinda ko`rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o`rindagilar 2 va 1 ochkolik bo`ladi. Shuningdek, Tribuna.uz nashri futbol muxlislari o`rtasida so`rovnoma o`tkazdi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo`lib, birinchi o`rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo`lga kiritadi. Yakunda eng ko`p ball to`plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e`tirof etiladi.

Ortda qolgan avgust oyida Coca Cola Superligada 3 ta tur uchrashuvlari o`tkazildi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator jamoalar mazmunli o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo`ldi.

Oyning eng yaxshilarini aniqlash maqsadida o`tkazilgan so`rovnoma yakunlariga ko`ra, “So`g`diyona” jamoasi posboni Milan Mitrovich (3 o`yin, 2 quruq o`yin, 3 seyv) eng ko`p ochko jamg`arishga muvaffaq bo`ldi va avgust oyining eng yaxshi darvozaboni deya e`tirof etildi.

Previous Article

биз ижтимоий тармокларда

# Team MP W D L P
1 Pakhtakor 22 20 2 0 62
2 Lokomotiv 22 11 8 3 41
3 Bunyodkor 22 10 5 7 35
4 Sogdiana 22 10 5 7 35
5 Surkhon 22 9 5 8 32
6 Nasaf 22 9 4 9 31
7 Navbahor 22 7 9 6 30
8 Metalourg 22 7 6 9 27
9 AGMK 22 7 4 11 25
10 Andijan 22 5 8 9 23
11 Qizilqum 22 5 7 10 22
12 Kokand-1912 22 5 6 11 21
13 Buxoro 22 4 7 11 19
14 Dinamo Samarqand 22 4 6 12 18
Oktabr 19, 2019
Nasaf 3 - 0 Andijan
Lokomotiv 2 - 0 Buxoro
Dinamo Samarqand 1 - 4 Pakhtakor
Surkhon 0 - 0 Navbahor
Oktabr 18, 2019
Bunyodkor 0 - 2 AGMK
Metalourg 0 - 1 Sogdiana
Kokand-1912 1 - 2 Qizilqum
Oktabr 2, 2019
Andijan 2 - 1 Surkhon
Oktabr 1, 2019
Navbahor 1 - 0 Dinamo Samarqand
Qizilqum 1 - 1 Lokomotiv
Pakhtakor 3 - 0 Sogdiana
Sentabr 30, 2019
AGMK 2 - 1 Nasaf
Bunyodkor 1 - 1 Buxoro
Kokand-1912 2 - 3 Metalourg
Sentabr 22, 2019
Nasaf 1 - 2 Buxoro
Bunyodkor 2 - 1 Qizilqum
Sentabr 21, 2019
Sogdiana 0 - 0 Navbahor
Metalourg 1 - 2 Pakhtakor